
BULUNGʻUR haqida malumot bilib oling.
BULUNGʻUR — Samarqand viloyatidagi shahar (1973-y. dan). Bulungʻur tumash markazi. Bulungʻurdan Samarqandgacha 31 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Bulungʻur. Bulungʻurni Katta Oʻzbekiston trakti kesib oʻtadi. Dengiz sathidan 736 m balandlikda. Aholisi 23,5 ming kishi (2000). Bulungʻurda 7 sanoat korxonasi (vino, sut, gʻisht z-dlari), xalq isteʼmoli mollari, hunarmandchilik, uyroʻzgʻor buyumlari ishlab chiqaruvchi kichik xususiy korxonalar, 6 umumiy taʼlim maktabi, mehmonxona, kutubxonalar, xalq teatri, kasalxona, tugʻruqxona va b. bor.
Ensiklopediya.uz
BULUNGʻUR