BRONXOGRAFIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRONXOGRAFIYA haqida malumot bilib oling.

BRONXOGRAFIYA (bronx va yun. Grapho — yozaman) — hiqildoq (traxeya) va bronx yoʻllariga kontrast modda yuborib, rentgenologik tekshirish usuli. Birinchi marta 1918-y. oʻtkazilgan. Bronx, oʻpka, qorin boʻshligʻi aʼzolari kasalliklari va b. ga tashhis qoʻyishda qoʻllaniladi. Bronxografiya qilish lozimligi yoki mumkin emasligini vrach belgilaydi, bunda albatta bemorning umumiy ahvoli va kasalligi hisobga olinadi (yana q. Bronxoskopiya).

Ensiklopediya.uz
BRONXOGRAFIYA