BRITANIYA IMPERIYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRITANIYA IMPERIYASI haqida malumot bilib oling.

BRITANIYA IMPERIYASIBuyuk Britaniya va unga qaram boʻlgan mustamlakalarni ifodalaydigan tushuncha. 1870-y. lardan rasman qoʻllanila boshlagan. Britaniya imperiyasi tarkibiga Britaniya bilan birgalikda hamma dominionlari va mustamlakalari — Irlandiya (12-a.), Shim. Amerika (Virginiya) (1607), Gollandiya va Shim. Amerikadagi boshqa hududlar (165254; 166567 va 167274), Portugaliya va uning mustamlakalari (17-a. oʻrtalari), Ispaniya mustamlakalari, Kanada, Shim. Amerikaning qolgan qismi (1756— 63), Bengaliya (1757), Malta, Seylon (1814—15), Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Jan. Afrika (19-a. 1-yarmi), Syangan (Gonkong) oroli (19-a. 2-yarmi), Kipr (1878), Birma (1885), Iroq, Falastin, Transiordaniya, Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismi (1914— 18) va b. kirgan edi. 20-a. da mustamlaka tizimi yemirilishi jarayonida Britaniya imperiyasi oʻrnida imperiyadan ajralib chiqqan mamlakatlar ittifoqi — Britaniya millatlar hamdoʻstligi tushunchasi paydo boʻldi (q. Hamdoʻstlik).

Ensiklopediya.uz
Britaniya imperiyasi