BOROVKOV Aleksandr Konstantinovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOROVKOV Aleksandr Konstantinovich haqida malumot bilib oling.

BOROVKOV Aleksandr Konstantinovich [1904. 3(16). 3, Toshkent1962, 15.11, hoz. SanktPeterburg] — turkiyshunos olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1943). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1945), prof. (1935). Oʻrta Osiyo davlat untining sharqshunoslik f-tini tamomlagan (1928). Moskvadagi Sharqshunoslik intida katta ilmiy xodim, boʻlim mudiri, direktor oʻrinbosari (1934—38, 1945 — 60), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot intida direktor oʻrinbosari, ayni vaqtda Toshkent davlat pedagogika in-tida uzbek tili kafedrasi mudiri (1938 — 45), Moskvadagi Tilshunoslik in-ti Leningrad boʻlimining direktori (1961-y. dan). B. Kirill grafikasi asosida uzbek alifbosi imlosini ishlab chiqishda qatnashgan, turkiy xalqlarning etnografiyasi, folklori va tiliga oid i. t. lar olib borgan. Uzbek tili shevalarini urgangan. Borovkov eski uzbek yodgorliklarining leksikgrammatik va til xususiyatlarini tadqiq etib, «Sharq tillari tarixi va grammatikasi masalalari» (1958), «Uzbek tilining grammatikasi qisqacha ocherklari» (1959), Ahmad Yassaviy «Hikmatlar» ining tili va Alisher Navoiy asarlarining til xususiyatlariga oid ilmiy asarlar yaratgan. «Badoye ullugʻat» (1961), «12 — 13asr Oʻrta Osiyo tafsirining leksikasi» (1963)ni nashr ettirish bilan Borovkov eski uzbek tilining mukammal lugʻatini tuzishga asos soldi. Besh jildli «Ruschaoʻzbekcha lugʻat» (1950—55) va bir jildli «Oʻzbekcharuscha lugʻat» (1959) ni tuziщda ishtirok etgan. Borovkov turkiy xalqlarning «Alpomish», «Manas», «Qoʻblon», «Qoʻzi Koʻresh va Bayan suluv» kabi eposlarini oʻrganib, «Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston xalqlarining turkiy tillari eposini oʻrganish masalalari» (1958), «Alpomish haqidagi qahramonlik poemasi» (1959) kabi ilmiy asarlar yaratgan.

As: Alisher Navoi kak osnovopolojnik uzbekskogo literaturnogo yazыka, M.. 1946.

Ensiklopediya.uz
Borovkov Aleksandr Konstantinovich