BOLTAYEVA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLTAYEVA haqida malumot bilib oling.

BOLTAYEVA Ikroma (1916.16.1, Kitob — 1993.21.11, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1956). Pedagogika bilim yurtida (1930—32), Lohutiy nomidagi Toshkent teatr texnikumida (1933—34) taʼlim olgan. Ijodiy faoliyatini Qashqadaryo teatrida boshlagan. 1934—45 y. lar Samarqand teatrida ishlab, Qunduz («Togʻ qizi»), Ledi Milford («Makr va muhabbat»), Maysara, Jamila («Maysaraning ishi», «Boy ila xizmatchi») kabi obrazlarni yaratgan. 1946-y. dan Hamza teatrida. Boltayevaning obrazlari mukammal va tugalligi b-n ajralib turadi. Yuksak aktyorlik mahorati, ifodali nutqi, yorqin maishiy boʻyoqlar vositasida oʻziga xos qaytarilmas obrazlar yaratishga erishdi. Mashhur rollari: Varvara («Momaqaddiroq»), Hafiza, Saltanat, Netayxon, Shakarbuvi («Yangi yer», «Shohi soʻzana», «Tobutdan tovush», «Ayajonlarim»), Dezdemona («Otello»), Nuri («Qutlugʻ qon»), Marhamat («Parvona»), Huriniso, Saodat («Oltin devor», «Istanbul fojiasi»), Bashorat, Farmonbibi («Kelinlar qoʻzgʻoloni») va b. Kinoda (Halima, «Mahallada duvduv ran» va b.) ham rollar ijro etgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).

Ensiklopediya.uz
BOLTAYEVA