QANDAY HOLATLAR KESARCHA KESISHGA KO‘RSATMA BO‘LADI? haqida to’liq ma’lumot oling
QANDAY HOLATLAR KESARCHA KESISHGA KO‘RSATMA BO‘LADI?
✅ Tug‘ruq tabiiy jarayon bo‘lib, ona organizmi homiladorlik vaqtida bunga tayyorlanib boradi. Ammo ayrim holatlar sababli tug‘ruq ona yoki bola hayotiga xavf solishi mumkin. Ushbu holatlarda kesarcha kesish jarrohlik amaliyoti qo‘llaniladi. Kesarcha kesish amaliyoti 2 xil bo‘lib, rejali va shoshilinch bo‘ladi. Rejali kesarcha kesish shifokor tomonidan tavsiya etilib, belgilanadi.
🔻Shoshilinch kesarcha kesish uchun ko‘rsatmalar:
• Homila suvining erta ketishi,
• Yo‘ldoshning barvaqt ko‘chishi,
• Homila boshi bilan emas tananing boshqa qismlari bilan kelishi.
🔹Rejali kesarcha kesish uchun ko‘rsatmalar:
• Ona chanoq qismining tor va kichikligi
• Homila hajmining kattaligi
• Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashishi
• Onadagi buyrak va yurak kasalliklari
• Bachadon miomasi,
• Ko‘rish o‘tkirligi bilan bog‘liq muammolar.
❗️ Ushbu jarrohlik amaliyotidan so‘ng qayta homiladorlikni rejalashtirish 2-3 yildan keyin amalga oshiriladi.
Malumotlar
QANDAY HOLATLAR KESARCHA KESISHGA KO‘RSATMA BO‘LADI?