Telefon orqali «aloqa»! haqida to’liq ma’lumot oling

Telefon orqali «aloqa»! haqida to’liq ma’lumot oling

Telefon orqali «aloqa»!

Bu be’manilik bizga kecha yoki bugun kirib kelmagan, bunga ancha bo‘lgan, ammo bundan ogohlantirish masalasi har doimgidek «ko‘rib chiqilyapti». Bu kasallik ilmiy jurnallarda «seks po telefonu», «sex by phone» deb keladi.

Hozirgi vaqtda Telegram, Imo, Odnoklassniki kabilarda turli guruhlar avj olgan. Ayol-erkak aralash, birov bilan birovning ishi yo‘q. It egasini, mushuk bojasini tanimaydigan «bardak» guruhlarda yosh yigit-qizlar tanishib, «lichkalashishadi». Bunday suhbatlarda Sa’diyning «Guliston» asari muhokama qilinmaydi, albatta. Katta ehtimol bilan oila qurish uchun ham yozilmaydi, aksari jinsiy ehtiyojlarini qondirish uchun yozishishadi. Uylanmagan, «chap» ko‘chalarga kirishga yo puli, yo duxi yetmagan va ko‘pincha, vijdoni yo‘l qo‘ymaydigan, Allohdan sal bo‘lsa ham qo‘rquvi bor yosh yigitlar «chatlashish», «telefonlashish» orqali shahvatini qondiradi. Nomahram ayol/qizning eshilib salom berishi ham erkak kishining qo‘zg‘alishi uchun yetarli. Bunday «suhbatlarning» nihoyasi istimno (o‘z-o‘zini qoniqtirish) bilan yakunlanadi. Tibbiyotda istimno «onanizm» deb ataladi. Alloh bizni va farzandlarimizni bulardan asrasin, amiyn!

Xo‘sh, keyinchi? Keyinini men aytaman. Onanizmga «o‘tirib» qolganlar oila qurganlaridan keyin jinsiy hayotdan to‘liq qoniqolmaydilar. Chunki nikohgacha ular boshqa «mexanizm» bilan harakatlanishgan. Bu hali hammasi emas, onanizm xotirani pasaytiradi, miya faoliyatiga zarar beradi. Dastlab, «xatlar» orqali olingan lazzat kattaroq «qadamlarga» tortaveradi. Faxsh suratlar, pornografik vidyo-filmlarga ruju qo‘yish boshlanadi. Ammo bu ham hammasi emas. Xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin, haqiqiy aloqaga qiziqishi tushib ketaveradi, istaklarini faqat vertual olam orqali amalga oshirishga o‘rganib qolgach, real aloqada o‘ziga nisbatan ishonchni yo‘qotadi. Ayol kishiga nisbatan mutlaq qiziqish so‘nishi ham mumkin, ko‘p G‘olibboylarning «kasallik tarixi» birinchi shu qadamdan boshlangan ekan…

Jinsiy hayot, jism, miya faoliyati inqirozga yuz tutgani hammasi tugadi, degani emas. Irsiyat degan nozik masala bor. Onanizm «bandilari»dan IQ (aqliy salohiyat)si past farzandlar tug‘iladi. Olma tagiga shaftoli tushmaydiku, tinmay porno ko‘rish miya to‘qimalarini o‘ldiradi. Tafakkur, uzoqni ko‘rish, fikrlash, rivojlanish kabi sifatlar «zanglab», miyada faqat «qoniqish» dasturi qoladi. Yana og‘iz ko‘pirtirib, «Nega bizdan Buxoriylar chiqmayapti?», deyishadi. Shunaqa payt qulog‘ini tagiga qo‘yvorsang…

Masalaga yechim nimada?

❗️ Diniy bo‘shliqni to‘ldiring. Zino faqat begona bilan yotish emas. Uning turi, darajasi ko‘p. Hech bo‘lmasa, haftada bir diniy audiolar eshiting, bir oyda bir diniy kitob mutolaa qiling. Allohdan duo qilib so‘rang, Alloh asramasa, ming chiranganingiz behuda. Bizda «duo» masalasi to‘y-marakada, kattalardan olinadigan bir «oq fotihadek» shakllanib qolgan. Kimdir mushkulim bor desa, unga duo qil, Allohga oson desangiz, kulgisi keladi.

❗️ Bo‘sh qolmang. Bekorchilik hamma baloni yetaklab keladi. Maksimal muhim ishlar bilan band bo‘ling, kitob o‘qish, sportga qiziqmasangiz, pul topishga o‘zingizni uring. Pulning ortiqchasi bo‘lmaydi.

❗️ Uylaning. Nikoh masalasi juda «og‘riqli» masala bizda. To‘y, yig‘in, bordi-keldilar uchun millionlab pul sarflanadi, shuncha pulni orttirib, mos qizni topib uylanguncha, ko‘pchilik osongina «tekinidan» foydalanadi. Halol qiyinlashitirilgan joyda harom avj olishiga ochiq misol mana shu. Ota-onangizga uylanishga ehtiyojingiz borligini ayting, buning uyat joyi yo‘q.

❗️ Ro‘za tutishni odatlantiring. Bizni aloqaga undaydigan gormonlar to‘yib ovqatlanganimizdan keyingina ishlab chiqariladi. Demak, och yurgan odamda qimirlagan narsaga ham «qo‘zg‘alish» muammosi bo‘lmaydi. Haligi maqol ham borku, «Otang o‘lsa, uxlaysanu qorning och bo‘lsa, uxlolmaysan». Kamroq yeyish, haftada bir-ikki marta ro‘za tutish har taraflama foydali.

Birgina noto‘g‘ri qadam hayotingizni izdan chiqarishi mumkin. O‘zingizni isloh qiling.

Davomi bor…
©quvvatuz

Malumotlar
Telefon orqali «aloqa»!