BANKA haqida malumot bilib oling.
BANKA, Bangka — Indoneziyaga qarashli orol. Katta Zond o. lari tarkibida. Mayd. 11,6 ming km2. Bosh shahri — Pankalpinang. Orolning koʻp qismi allyuvial tekislik, baʼzi joylarida granitli tepaliklar uchraydi. Eng baland joyi 699 m. B. da nam tropik oʻrmonlar bor; botqoqlik koʻp. Qalayi qazib olinadi. Allyuvial, qirgʻoqqa yaqin dengiz va gidrotermal konlar mavjud boʻlib, 1709-y. dan boshlab foydalaniladi. Metallning umumiy zaxirasi 275 ming t. chamasida. Sochilmalarda kassiterit miqdori 150 — 700 g/m3.
Ensiklopediya.uz
BANKA