BALBAS QOʻY ZOTI haqida malumot bilib oling.
BALBAS QOʻY ZOTI — goʻshti, juni va suti uchun boqiladigan qoʻy zoti. Vatani Turkiya. Bu qoʻy zoti qoʻshaloq quyrugʻi bilan boshqa zotlardan ajralib turadi. Goʻsht sifati yaxshi. Koʻchqorlarining tirik vazni 85—90 kg, sovliqlariniki 55 — 60 kg. Qoʻchqorlarining dumbasi 12 kg gacha, sovliqlarida 5—6 kg. Qoʻchqorlaridan 3,0—4,0, sovliqlaridan 2,5—2,8 kg dagʻal jun olinadi. Jun kokili uz. 11—17 sm, 60—65% sof jun chiqadi. Oʻrtacha 124 — 130 kg sut beradi. 100 sovliqdan — 120 qoʻzi olinadi.
Armaniston, Ozarbayjon, Shim. Eron, Turkiya va b. mamlakatlarda boqiladi. Oʻzbekistonda kam tarqalgan. Baland togʻli yaylovlarda boqishga yaxshi moslashgan. Junidan gilam, kamvol gazlamalar tayyorlanadi.
Ensiklopediya.uz
BALBAS QOʻY ZOTI