BUROQ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUROQ haqida malumot bilib oling.

BUROQ (arab, «yarqiroq», «barq» soʻzidan) — islom rivoyatlarida juda tez chopadigan va uchadigan maxluqning nomi. Qurʼoni karimda zikr qilinishicha (17:1), Muhammad (sav) uni minib Makka sh. dan «tungi sayr»da meʼrojga chiqqan. Rivoyat qilishlaricha, B. Muhammad (sav)ni Kaba oldiga kelib kutib turgan, avvaliga u sarkashlik qilgan, hazrat Jabroil majbur etgandan soʻng boʻysungan. Buroq boshqa paygʻambarlar, chunonchi Ibrohim (as) va (Dovudas)ga ham xizmat qilgan, deydilar. Buroq goh ot, goho xachir shaklida, oq rangli, boʻyni choʻziq, quloqlari uzun, oyoqlarida qanoti boʻlgan deb taʼriflangan. Muhammad (sav) Buroqga minib uchib ketayotganliklarini oʻrta asr shia miniatyuralarida ifodalashga harakat qilingan.

Ensiklopediya.uz
BUROQ