BURGUT QALʼA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURGUT QALʼA haqida malumot bilib oling.

BURGUT QALʼA — Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanidagi Qirqqiz massivida, Burgut qalʼa vohasida joylashgan shahar xarobasi (6—8-a. lar). A. I. Terenojkin (1937), Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi (1946), Ye. Ye. Nerazik (1953—56) tomonidan urganilgan. Burgut qalʼa ark va shahristondan iborat. Ark tarhi kvadrat (100×100 m) boʻlib, 2,5 m kalinlikdagi (bal. 10,5 m) paxsa devor b-n oʻralgan. Uning har tomonidagi 4 tadan 2 qavatli, nishon tuynukli burjlar 2 m balandlikdagi tagkursilar ustiga kurilgan. Qalʼaning jan. sharqida mudofaa istehkomi — donjon (18x 18 m) joylashgan. U bal. 8 m li paxsa va gʻishtin tagkursi ustiga kurilgan. Ark ichida zyndon va bir necha xonalar ochilgan. Shahriston (mayd. 5 ga) burjlar b-n mustahkamlangan mudofaa devori bilan oʻralgan. Bu yerda turar joylar, bozor maydoni, ustaxonalar ochilgan, ulardan sopol idishlar, Xorazm mis tangalari, toshdan ishlangan muhrlar, bezak buyumlar, qurolyarogʻlar va b. topilgan. Ad.: Nerazik Ye. Ye., Selskiye poseleniya afrigidskogo Xorezma (Po materialam Berkutkalinskogo oazisa), M., 1966.

Ensiklopediya.uz
BURGUT QALʼA