BRITANIYA OROLLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRITANIYA OROLLARI haqida malumot bilib oling.

BRITANIYA OROLLARIAtlantika okeani bilan Shim. dengiz oraligʻida, Yevropaning shim. gʻarbida joylashgan. Mayd. 314,4 ming km2. Materikdan LaMansh va PadeKale boʻgʻozlari ajratib turadi. Britaniya orollarining 2 ta yirik orolida Buyuk Britaniya va Irlandiya davlatlari joylashgan. Britaniya orollari bir necha mayda (Gebrid, Orkni va Shetland) orollar toʻdasini, shuningdek Anglsi, Men va b. orollarni ham oʻz ichiga oladi. Baʼzan Britaniya orollari tarkibiga Normand o. larini ham kiritadilar. Yer yuzasi asosan tekis, oʻrtacha balandlikdagi (Pennin va Grampian) togʻlar ham bor. Iqlimi dengiz iqlimi. Yillik havo t-rasi 8—14°. Yogʻin 600 mm dan 2000 m gacha. Daryolari toʻlib oqadi, qishda muzlaydi. Koʻl va yaylovlar koʻp, kichikroq oʻrmonlar bor. «BRITANIYA ENSIKLOPEDIYASI» («Britannika») (Encyclopaedia Britannisa) —1) universal ensiklopediya. Dastlab 1768-y. dan Edinburg (Buyuk Britaniya) da chiqa boshlagan, keyinchalik Londonda nashr etilgan. 20-a. boshlaridan amalda BritaniyaAmerika nashri. 1940-y. dan boshlab Amerika nashriyot firmasi — «Britaniya orollari» tomonidan nashr etiladi. 1974-y. da yangi 30 jilddan iborat 15nashri chiqdi, har yili muhim tuzatish va toʻldirishlar b-n nashr qilib turiladi. «Britaniya orollari»ga 1938-y. dan yillik ilova, shuningdek fan, tibbiyotga oid yillik nashrlar ham chiqariladi;

2) 20-a. 40-y. laridan Chikagodagi Amerika nashriyot firmasi. London, Toronto, Jeneva, Tokio, Sidney va b. sh. larda boʻlinmalari bor. «Britaniya orollari», shuningdek soha ensiklopediyalari, lugʻatlar, bolalar hamda oʻsmirlar uchun ensiklopediyalar, jumladan «Kompton» («Compton») ensiklopediyasi, badiiy adabiyot va b. nashr etadi.

Ensiklopediya.uz
BRITANIYA OROLLARI