Ayol jinsiy a’zosida qichishish bo’lsa haqida to’liq ma’lumot oling
Ayol jinsiy a’zosida qichishish bo’lsa 😕🙎♀️
Buning sababi nima va qanday halos boʻlish mumkin?
Sabablari:
✔️ Intim gigiyena uchun mos kelmaydigan gel yoki sintetik ich kiyim;
✔️ Bakteriyalar;
✔️ Zamburugʻlar;
✔️ Jinsiy yoʻl bilan yuquvchi infeksiyalar;
✔️ Gormonal oʻzgarishlar.
Qaysi kasalliklarda nozik a’zolarda qichishish boʻladi?
❓ Qin disbakteriozi;
❓ Jinsiy yoʻl bilan yuquvchi infeksiyalar (xlamidioz, trixomoniaz, mikoplazmoz, sifilis, gonoreya);
❓ Teri kasalliklari (ekzema, psoriaz, turli xil temiratkilar)
❓ Boshqa kasalliklar (qandli diabet, gepatit, anemiya);
❓ Surunkali stress❗️
❓ Yoshga bogʻliq oʻzgarishlar (klimaks);
Ayol intim zonasidagi qichishishni davolash:
Bu albatta vrach-ginekolog tavsiyasi bilan bajariladi‼️
✅ Ich kiyimga yoki surtmalarga allergiya tufayli boʻlsa — ularni almashtirish bilan muammo hal boʻladi.
✅ Dorilari bilan davolash. Yuqorida keltirilgan kasalliklarda mahalliy (qinga dori yuborish) va umumiy davo qilinadi.
✅ Xalq tabobati usullari. Bu romashka qaynatmasi bilan jinsiy a’zolarni vanna qilishdan iborat. Bu ham faqat vrach-ginekolog koʻrsatmasi bilan❗️ Mumkin boʻlmagan hollarda qoʻllash jinsiy aʼzolardagi bakterial flora buzilishiga olib keladi‼️
Profilaktikasi gigiyenaga qatʼiy rioya qilishdan iborat:
📌 Jinsiy aʼzolarni har kuni iliq suv bilan yuvish;
📌 Haftada 2-3 marta intim gigiyena uchun gel bilan yuvish;
📌 Doimiy prokladka ishlatishdan saqlanish. Prokladkadan faqat hayz kunlarida foydalanish❗️
📌 Agar Sizda yangi jinsiy sherigingiz boʻlsa, jinsiy aloqada prezervativdan foydalanish yoki yaxshisi uning jinsiy infeksiyalardan holi ekanini tekshirtirish.
📌 Va albatta har 6 oyda ginekolog huzuriga borish va zaruriy analizlarni topshirish.
@andrology_uz 🚑
Malumotlar
Ayol jinsiy a’zosida qichishish bo’lsa