BOQIRGʻONIY SULAYMON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOQIRGʻONIY SULAYMON haqida malumot bilib oling.

BOQIRGʻONIY SULAYMON (? Xorazm viloyati Xazorasp tumani Boqirgʻon qishlogʻi — 1186) — tasavvufning yirik namoyandasi, shoir. Ahmad Yassaviy tariqatining davomchisi. Hayoti haqidagi maʼlumotlar turli rivoyatlar bilan aralashib ketgan. Xalq orasida «Hakim ota» nomi b-n ham mashhur. Yassaviyga murid (shogird) boʻlgan, oʻz iqtidori va sheʼriy isteʼdodi bilan pirining eʼtiborini qozongan. Boqirgʻoniy sulaymon S ustozining tariqati qoidalarini yanada chuqurlashtirib keng xalq ommasiga yetkazgan. Yassaviyona sodda, ravon uslubda ijod qilgan. Oʻz asarlarida islomni, shariat va tariqat qoidalarini targʻib qilgan, kishilarni u dunyoni oʻylab yashashga, Allohning karamidan bahramand boʻlishga daʼvat etgan. Boqirgʻoniy Sulaymon maʼrifatni Allohni tanish, uning nazariga tushish, deydi. Oliy muhabbatni Allohga boʻlgan muhabbat, deb tushuntiradi. U tariqat yoʻlini komil insonni tarbiyalash yoʻli, jannatga eltuvchi yoʻl, deb biladi. Boqirgʻoniy sulaymon S oʻz oʻgitlarida davriga xos ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik va b. illatlar uchun javobgar shaxslarni u dunyo azoblari dahshatini eslatish bilan tarbiyalashga ham intiladi. Insofsiz va imonsiz amaldorlar, nopok ishlar b-n shugʻullanuvchi, xaromxoʻr, nodon va johillar hamda bosqinchi, talonchilarni fosh etadi. Boqirgʻoniy sulaymon S sheʼrlari «Boqirgʻon kitobi» nomi bilan mashhur. Uning «Bibi Maryam kitobi», «Oxir zamon kitobi» kabi dostonlari ham bor. Bularda tasavvuf toʻgʻrisida oʻz fiqolarini bayon etadi.

Boqirgʻoniy Sulaymon turkiy sheʼriyatning boshlovchilaridandir. Sheʼrlari tatar, boshqird va b. turkiy xalklar orasida keng tarqalgan, «Boqirgʻoniy kitobi» 19—20-a. boshlarida Qozonda 3-marta nashr etilgan.

As: Boqirgʻon kitobi, T., 1991.

Ensiklopediya.uz
BOQIRGʻONIY SULAYMON