BOSHQIRDLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOSHQIRDLAR haqida malumot bilib oling.

BOSHQIRDLAR (oʻzlarini bashkort deb ataydilar) — RFdagi turkiy xalq. Boshqirdistonning asosiy aholisi (864 ming). Rossiya Federatsiyasida jami 1,35 mln. (1992). Markaziy Osiyo respublikalarida ham yashaydilar. Yevropeoid irqiga mansub. Boshqirdlarning ajdodlari Ural togʻining janubiy r-nlarida qad. davrdan yashab kelgan. 4-a. da hunnlarning katta bir qismi hoz. Boshqirdistonning janubiy r-nlariga oʻrnashib, yerlik xalqlar bilan aralashib ketgan. 8 — 10alarda Volga va Ural daryolari oraligʻida yashagan bir qancha urugʻqabilalar (buzan, tangaur, usergan va b.) ham keyinchalik Boshqirdlar tarkibiga kirgan. 9—15-a. lar mobaynida qipchoqlar, Volga bulgʻorlari, majorlar va noʻtylarttt bir qismi Boshqirdiston yerlariga oʻrnashib, Boshqirdlar bilan aralashib ketgan. Boshqirdlarning elat boʻlib shakllanish jarayoni 16-a. da tugaydi. 16—19-a. larda Boshqirdistonning gʻarbiy r-nlariga Volga boʻylaridan Kozon tatarlari, misharlarning katta bir qismi va qisman marilar, udmurdlar kelib yerlik Boshqirdlar bilan aralashib, ularga singib ketgan. Boshqirdlar oʻtmishda chorvachilik (yilqichilik, qoʻychilik) va dehqonchilik b-n shugʻullangan. Boshkird tilida gaplashadi. Boshqirdlar islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladilar.

Ensiklopediya.uz
BOSHQIRDLAR