BOTTICHELLI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOTTICHELLI haqida malumot bilib oling.

BOTTICHELLI (Botticelli; asli Alessandro di Mariano Filipepi) Sandro (1445 — 1510) — italiyalik rangtasvir ustasi, Italiya Ilk Uygʻonish davri Florensiya rassomligi maktabining yirik vakili; Filippo Lippining shogirdi. Medichilar xonadoniga yaqin boʻlgan. Bottichelli asarlaridagi nafis va yengil ifodali chiziklarning musiqaviyligi, bir muncha sovuq va shaffof tiniq ranglar tizimi, kompozitsiyadagi ritm nafosati va chuqur lirik tuygʻularga boy tabiat kurinishlari uning asarlariga Bottichelli gagina xos boʻlgan betakror latofat va taʼsirchanlik baxsh etadi. Bottichelli maʼjozii va antik mavzulardagi asarlar, jumladan, «Bahor» (1477—78), «Veneraning tugʻilishi» (1483— 84), «Madonna del Manifikat» (1482 — 83), «Anorli Madonna» (1487), shuningdek Vatikandagi sikstin kapellasi devoriy rasmlari (1481—82) hamda qator portretlar (mas, «Juliano Medichi», 1470-y. lar) muallifi. 1490y. lardan Bottichelli asarlarida tushkunlik kayfiyati kuzatiladi: «Isoga aza tutish» (1490), «Tuhmat» (1495) va b. U Dantening «Ilohiy komediya»siga birinchi boʻlib rasm ishlagan sanʼatkorlardan (1492— 97).

Bottichelli ijodi koʻpgina rassomlar ijodiga taʼsir etgan. Jumladan, oʻzbekistonlik rassomlar R. Choriyev, J. Umarbekov va b. ijodida bu taʼsirni sezish mumkin.

Ensiklopediya.uz
BOTTICHELLI