BOMBAY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOMBAY haqida malumot bilib oling.

BOMBAY, Mumbay (Mumba maʼbudasi nomidan) — Hindistondagi shahar. Maxarashtra shtatining maʼmuriy markazi (I960-y. dan). Hindistonning gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinidagi Bombay va Solsett o. larida joylashgan, koʻprik va koʻtarmalar bilan materikka tutashgan. Aholisi 9,9 mln. kishi (1991).

Bombayni 1532-y. da Portugaliya mustamlakachilari bosib olgan. 1661-y. dan Angliya ixtiyoriga oʻtdi. 1668-y. dan inglizlarning OstIndiya kompaniyasi Bombayda harbiy va savdo bazalar qura boshladi. 19-a. da Hindistonning muhim iktisodiy va ijtimoiy markaziga aylandi. Bombayda hindistonliklarning ingliz mustamlakachilariga qarshi siyosiy chiqishlari boʻlib oʻtgan (1908, 1946). Bombay mamlakat shaharlari orasida aholisining soni boʻyicha birinchi, iktisodiy va madaniy mavqei jihatidan ikkinchi oʻrinda. Shaharda turli dindagi har xil millat vakillari (marathlar, gujoratlar, sekxlar, balujlar, otashparast forelar) yashaydi. B. Hindistonning Arabiston dengizi sohilidagi eng katta porti. Bir yillik yuk ortib tu shiri sh 30 mln. t. B. da yirik tovar, fond, paxta birjalari, milliy va chet el banklari, sugʻurta kompaniyalari joylashgan. Ichki va xalkaro aviatsiya yoʻllari tuguni. Mamlakatning asosiy eksport va importi Bombay orkali utadi. Chetga marganes va b. r udal ar, paxta, ip gazlama, teri va charm, moyli oʻsimlik urugʻlari chiqariladi. Chetdan mashina va uskunalar, kumir, neft, gʻalla keltiriladi. Sanoati rivojlangan. Bombay mamlakatning asosiy sanoat xususan, toʻqimachilik sanoati markazlaridan biri (mamlakat ip gazlama sanoatining kariyb 3/4 qismi Bombayda), shuningdek bankmoliya markazi; B. da nefti i qayta ishlash, mashinasozlik, yogʻochsozlik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati tarmoklari mavjud.

Bombay binolari yevropacha va hindcha uslub b-n asosan 19—20-a. larda qurilgan. Bombay orolidagi fort (qalʼa) shaharning shahristoni hisoblanadi. Bu yerda davlat muassasalari, banklar, unt (18S7) va b. bor. B. markazida katta Kroford bozori (1871) joylashgan. Bombay yaqinida Tarapur AES bor. Shahar 16 a. dan maʼlum.

Ensiklopediya.uz
BOMBAY