BOLGARLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLGARLAR haqida malumot bilib oling.

BOLGARLAR — xalq, Bolgariyaning asosiy aholisi (7,85 mln. kishi) (1992). Ukraina (234 ming), Moldaviya (88 ming), Rossiya (32,8 ming) va b. mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni 8,45 mln. (1992). Bolgar tilidya gaplashadilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dindorlari — asosan pravoslavlar, bir qismi islom dinida. Bolgarlarning etnogenezida frakiyaliklar, Bolqon ya. o. ga 6—7-a. larda koʻchib kelgan slavyanlar hamda Qora dengiz boʻyi dashtlaridan Asparux boshchiligida kelgan qad. turkiy elat bulgʻorlar asosiy rol oʻynaganlar. 8—9a. larda slavyan va bolgar (bulgor) etnik guruhlari bir-biri bilan yaqinlashib, tili va madaniyati slavyan boʻlgan bolgar elati tashkil topdi. Bolgarlar run, polyan, bolqon, shon kabi etnik guruhlarga boʻlinadi.

Ensiklopediya.uz
BOLGARLAR