BIOLABORATORIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BIOLABORATORIYA haqida malumot bilib oling.

BIOLABORATORIYA, biologik laboratoriya (qishloq xoʻjaligida) ~q. x. ekinlarini zararkunanda hasharotlardan, kasallik, begona oʻtlardan biologik usulda himoya qilishni amalga oshiradigan va nazorat qilib turadigan muassasa. Viloyat ishlab chikarish Biolaboratoriyasi va xoʻjalik B. lari mavjud. Oʻzbekistonda q. x. ga xizmat koʻrsatadigan 700 dan ortiq Biolaboratoriya bor (2000). Bu B. larda entomofaglar (tangaqanotlilar tuxumining paraziti — trixogramma, gʻoʻza tunlami qurtining paraziti— brakon, komstok chervetsining paraziti— psevdafikus, shumgiya fitofagi — f-tomiza pashshasi va b.) koʻpaytiriladi hamda gʻoʻza va boshqa q. x. ekinlari zararkunandalariga qarshi qoʻllaniladi. Sabzavotchilik xoʻjaliklaridagi i. ch. B. sida issiqxona oqqanotiga qarshi qoʻllaniladigan entomopatogen zamburugʻ—ashersoniya yetishtiriladi. Bundan tashqari B. oʻsimliklarni himoya qilishda boshqa biologik vositalardan, mas, mikrobiologik preparatpar— denrobatsillin, entobakterin va b. dan ham foydalanadi. OʻzR Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar Markazi reyepublikadagi Biolaboratoriyaga ilmiymetodik rahbarlik qiladi.

Ensiklopediya.uz
BIOLABORATORIYA