BILIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BILIK haqida malumot bilib oling.

BILIK — 1) qad. turkiy qavmlarda ilm, bilish, hikmatli soʻz, dono maslahat maʼnosini anglatuvchi soʻz. Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk», Yusuf Xos Hojibning «Kutadgʻu bilig» asarlarida koʻp qoʻllanilgan.

2) Chingizxon hayot chogʻida aytgan va yozib qoldirilgan hikmatli soʻzlar majmui. Bilik moʻgʻul xonlari oʻrtasida zoʻr eʼtiborga ega boʻlgan va dare sifatida oʻqitilgan. Xitoyda bir vaqtlar daʼvogarlardan kimni taxtga oʻtqazish masalasi oʻrtaga qoʻyilganda, Bilikni qay darajada bilishini sinab koʻrish lozim topilgan va Bilikni yaxshi bilganlardan biri taxtga oʻtqazilgan. Chingizxon Bilik laridan ayrimlari Rashiduddinning «Jome attavorix» kitobining ilovasida keltirilgan. Bilikning bizgacha yetib kelgan dastlabki yigʻindisi — «Mongol unNiucha tobchon» («Moʻgʻullarning sirli tarixi») 1240-y. da tuzilgan boʻlib, mulk, oilanikoh, jinoyat va jazo, maʼmuriy hamda boshqa huquqiy meʼyorlarni oʻz ichiga olgan.

Ensiklopediya.uz
BILIK