BIYLAR SUDI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BIYLAR SUDI haqida malumot bilib oling.

BIYLAR SUDIshariat va urfodatlarga tayanib ish koʻradigan sud. B. s. qozoq va qirgʻiz xalkdari tarixiga mansub. Chor Rossiyasi maʼmuriyati Turkistonni bosib olgach, qozilar sudi bilan bir qatorda Biylar sudini ham joriy etgan. Biylar sudi 3 bosqichdan iborat edi:

1) ishni mazmunan koʻrib chiqib, maslahatchilarsiz hukm chiqaruvchi sud;

2) biylar chiqargan hukm ustidan shikoyatni koʻruvchi volost biylarining yigʻini; 3) eʼtiborli kishilar 3 yilga saylab qoʻygan biylarning favqulodda yigʻini. Biylar sudi jinoyat ishlari yuzasidan bir yarim yilgacha qamoq jazosi berish va jarima solish huquqiga ega boʻlgan. Koʻchmanchi aholi oʻrtasida ish olib borgan Biylar sudi 20-y. lar oxirida barham topdi.

Ensiklopediya.uz
BIYLAR SUDI