BERSIM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERSIM haqida malumot bilib oling.

BERSIM, misr sebargasi (Trifolium alcxandrinum) — dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik, yemxashak ekini. Baʼzan koʻkat oʻgʻit uchun ham ekiladi. Misr, Pokiston, Hindiston, AQSHda, shuningdek Oʻzbekistonning sholikor hududlarida keng tarqalgan. Bersim oʻqildizli (1 —1,5 m gacha chuqurlikka kiradi) oʻsimlik. Poyasining bal. 80— 100 sm, sershox, toʻgʻri oʻsadi. Barglari mayda, uzun bandda joylashgan. Toʻpgulli yumaloqchoʻziq (uz. 2—4 sm), gullari oq, pushti, sargʻish rangda. Mevasi bir urugʻli dukkak. Uruglari yaltiroq sariq rangda (1000 dona urugining vazni 2,8—3,5 g). Urugʻi 6 — 8° da unib chiqadi. Pichani yumshoq, xushxoʻr. Tarkibida 9,3% protein, 2.4% yog, 46,0% uglevodlar bor. Sugʻoriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Kuzda yoki bahorda ekiladi. Uruglik ekish meʼyori 12—16 kg/ga. Gullay boshlaganda oʻriladi. Hosildorligi 70—80 s/ga, bir yilda uchturt bor oʻriladi.

Ensiklopediya.uz
BERSIM