BERGEN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERGEN haqida malumot bilib oling.

BERGENNorvegiya jan. gʻarbidagi shahar. Shim. dengiz sohilidagi port. Xordalann fyulkesinipg maʼmuriy markazi. Muhim transport yoʻllari tuguni. T. i. stansiyasi. Aholisi 213 ming kishi (1991). Kemasozlik, mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Bergen yaqinida yirik neftkimyo sanoati majmuasi bor. Balik, ovlanadi pa baliq mahsulotlari eksport qilinadi. Unt, savdo maktabi bor. Oʻrta asrlarda shim. gʻarbiy Yevropaning yirik savdo markazlaridan biri boʻlgan. Qirol qalʼasi qoldiklari (13-a.), Rozenkrans minorasi (16-a.), Mariya cherkovi (12a.), kompozitor E. Grig uymuzeyi kabi msʼmoriy yedgorliklar saqlapgan. Shaharga 1070-y. da asos solingan.

Ensiklopediya.uz
BERGEN