BARABAN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BARABAN haqida malumot bilib oling.

BARABAN (turkcha) (texnikada) — mashina va apparatlarning silindr shaklidagi ichi kovak detali. Mac, quritish Barabani, qoziqli Baraban, arrali Baraban Soat va b. prujinali mexanizmlarda, bugʻ qozonlari, yuk koʻtarish mashinalarining deyarli hamma turida, koʻpgina sohalardagi turli moslamalarda ham tegishli Barabanlar boʻladi. Baraban konus shaklli boʻlishi xam mumkin. Asosiy elementi Baraban boʻlgan mashinalar xam B. deb ataladi. Mas, paxta tozalash sanoatida qoʻllaniladigan B. larda paxta, toʻqimachilik ktidagi quritish B. larida toʻqimachilik mahsulotlari quritiladi. Ular yupqa misdan silindr shaklida yasalgan boʻlib, ichidan bugʻ bilan qizdiriladi. Koʻtarish mashinasining konussimon barabani.

Ensiklopediya.uz
BARABAN