BULANJERIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BULANJERIT haqida malumot bilib oling.

BULANJERIT (fransuz mineralogi Sh. Bulanje nomi bilan atalgan, 1849) — mineral. Kimyoviy formulasi Pb5Sb4SM. Monoklin singoniyali. Uzun ignasimon va koʻpincha tolasimon yoki shuʼlasimon tuzilishli agregatlar. Rangi kumushsimon kulrang, metallsimon yaltiraydi. Qattiqdigi 2,5—3. S. ogʻ. 5,8 — 6,2. B. murakkab polimetall formatsiyalarning rudali tomirlarida uchraydi. Bulanjerit konlari RF (Ural), Ukraina (Donbass), Fransiya, Shvetsiya, Chexiya, AQSH va Germaniyada topilgan. Oʻzbekistonda Bulanjerit polimetall (Olmaliq, Yongʻoqli), vismut (Ustasaroy), margimush (Burchmulla), molibden (Chavata) konlaridan topilgan. Bulanjerit ikkinchi darajali qoʻrgʻoshin rudasi.

Ensiklopediya.uz
BULANJERIT