BLUMING haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BLUMING haqida malumot bilib oling.

BLUMING, blyuming : (ing. blooming) — poʻlat quymalardan Chblul» olish uchun moʻljallangan prokatlash stani. Prokatlash (siqish) valiklatrich ning diametri (yoʻgʻonligi) bilan ifodalanadi, mas, Bluming 1500 (bu yerda 1500 mm — valik diametri). Blumingda 12 t gacha va undan ham ogʻir poʻlat quymalardan blum tayyorlanadi. Baʼzi hollarda Blumingda slyablar hamda shakldor zagotovkalar (yirik dvutavr toʻsinlar, shveller va b. lar) olinadi. Metallurgiya z-dlarida Bluming poʻlat quyish sexi bilan prokat sexi orasidagi bogʻlovchi zveno hisoblanadi.

Bluming ish kleti (katagi), vallarni harakatga keltiruvchi asosiy elektr dvigatellar va mexanizmlardan iborat. Bluming sexida texnologik jarayonning oʻtish tartibi: qaynoq quyma poʻlat eritish sexidan t. y. platformalarida qizdirish qudugʻiga keltiriladi; quymalar quduqqa tik tushirilib, 1100—1300°S gacha qizdiriladi, har bir quyma maxsus moslamada Blumingning qabul rolgangiga keltiriladi; quyma Bluming vallari orasidan bir necha marta oʻtkaziladi (har bir oʻtishda quyma 40—20 mm qisiladi), natijada poʻlat polosalari hosil boʻladi; polosalar katta qaychilar bilan alohnda blumlarga kesiladi. Bular rolganglar yordamida sovitgichlarga, u yerdan esa omborgaʻyuboriladi. Bluming poʻlatni yirik quymalar tarzida quyishga, tayyor prokatning sifatini oshirishga imkon beradi. Ly. Mirboboyev V. A., Vasilyev G. P., Metallar texnologiyasi, T., 1971.

Ensiklopediya.uz
BLUMING