BUXORO NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUXORO NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI haqida malumot bilib oling.

BUXORO NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODIneft mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonasi. Bu. xoro viloyati Qorovulbozor sh. da joylashgan. «Oʻzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. 1993-y. da qurilishi boshlanib, 1997-y. avg. da ishga tushirilgan. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi gaz va neft konlari (asojcaH Koʻkdumaloq gaz kondensatы koni) asosida ishlaydi. Turli neft mahsulotlari — yuqori oktanli benzin (AI93, A76), dizel yoqilgʻisi, aviakerosin, mazut, suyultirilgan neft gazlari (butan, texnik propan, propanbutan, oltingugurt) va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Birinchi navbatining yillik loyiha quvvati 2,5 mln. t gaz kondensatami qayta ishlashga moʻljallangan. 3dning loyiha kiymati deyarli 500 mln. dollar. Korxona qurilishini moliyaviy jihatdan taʼminlash va qurilish jarayonida xorijiy mamlakatlarning koʻpgina banklari, kompaniyalari va firmalari ishtirok etdi. «Cheyz Manxetten» (Amerika), «Kredi Kommersial de Frans», «Pariba» (Fransiya), Yaponiya va AQSH ning eksportimport banklari moliyaviy koʻmagidan foydalanildi. Loyihaning texnologik qismini amalga oshirish uchun Fransiyaning «Technip» firmasi, Yaponiyaning «Marubeni» va «JeGiSi» kompaniyalari ishtirokida konsorsium tashkil etildi, Turkiyaning «Gama» kompaniyasi va Oʻzbekistonning quruvchidchri qurilishmontaj ishlarini bajardi. 3d mahsulotlari eksport ham qilinadi.

Ensiklopediya.uz
BUXORO NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI