BURHONOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURHONOV haqida malumot bilib oling.

BURHONOV Abdulvohid (taxallusi Munzim) (1875, Buxoro — 1934, Dushanba) — Buxorodagi jadidlik harakati, Yosh buxoroliklar tashkiloti asoschilaridan biri. 1908-y. okt. da Buxoroda dastlabki yangi usuldagi maktabni ochdi. Samarqandga borib, Mahmudxoʻja Behbudiy va Abduqodir Shukuriydan yangi usul maktablarida oʻqitish tajribasini oʻrgandi. Mukammil Burhonov, Sadriddin Ayniy bilan birgalikda «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») maxfiy jamiyatini tuzishda qatnashdi. Jamiyat buxorolik maʼrifatparvar va ziyolilar oʻrtasida ilgʻor demokratik gʻoyalarni targʻib etib, xalqning siyosiy ongini uygʻotish uchun kurashdi. Burhonov 1917-y. dan Yosh buxoroliklar partiyasi MKning raisi. Buxoroda Xalq respublikasi oʻrnatilgach, BXSR MIK raisining oʻrinbosari, xalq maorifi noziri, sogʻliqni saqlash noziri (1920— 24). Buxorolik 44 talabani Germaniyaga olib borib, Berlindagi oʻquv yurtlariga joylashtirdi (1921). 20-y. larda ilmiy va publiiistik faoliyat bilan shugʻullandi. 30-y. boshida «Tojikistoni surx» gaz. da ishladi.

Ad.: Ayniy S, Asarlar, 1j., T., 1963; Xoʻjayev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997.

Ensiklopediya.uz
BURHONOV