
BUTLEROV Aleksandr Mixaylovich haqida malumot bilib oling.
BUTLEROV Aleksandr Mixaylovich [1828.25. 8 (6. 9), Chistopol sh. 1886. 5 (17). 8, Butlerovka qishlogʻi, hoz. Tatariston Respublikasi] — rus kimyogari, N. N. Zmnыiningshogirdi. Qozon untini bitirgan (1849). Peterburg un-ti prof. (1869-y. dan), Peterburg FA ordinator akad. (1874-y. dan). Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasi asoschisi. Bu nazariyaga koʻra organik moddalarning xossalari molekulalardagi atomlar boglari tartibi, tuzilishi hamda ularning oʻzaro taʼsiriga muvofiqaniqlanadi. Birinchi boʻlib izomeriya hodisasini tushuntiribbergan (1864). Izobutilen polimerizatsiyasini kashf etgan. Uchlamchi butil spirt (1864), izobutan (1866) va izobutilenlarni (1867) sintez qilib, ularning tuzilishini aniqlagan. Bogʻdorchilik, asalarichilik, Kavkazda choy yetishtirish bilan ham shugʻullangan.
Ensiklopediya.uz
BUTLEROV Aleksandr Mixaylovich