BUKISH MASHINASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUKISH MASHINASI haqida malumot bilib oling.

BUKISH MASHINASI (mashinasozlikda) — yogoch yoki metall zagotovka (xom ashyo, list, truba)ni sovuqlayin yoki qizdirib bukish uchun moʻljallangan qurilma. Universal Bukish mashinasining uch va toʻrt valikli (rotatsion), traversasi buriladigan, rolikli, andazasi yoki richagi buriladigan xillari bor. Qalinligi 40—50 mm dan ortiq zagotovkalar qizdirib, bundan yupqalari sovuqlayin bukiladi. Listli prokat toʻgʻri chiziqli harakatlanuvchi list bukish mashinalari (presslar)da, traversasi buriladigan va rotatsion mashinalarda, sortli prokat va trubalar rolikli Bukish mashinasida bukiladi. Polosa, burchaklik, kvadrat, doyra va b. sortli prokatlardan yasalgan detallarni bukish, toʻgʻrilash va shtamplash uchun gorizontal bukishshtamplash presslari (buldozerlar), toʻgʻrilash presslari ishlatiladi. Kalibrlangan simlar yoki lentalardan yasaladigan mayda buyumlar (shplintlar, skrepkalar, radioapparatura detallari va b.) bukish avtomatlarida tayyorlanadi.

Ensiklopediya.uz
BUKISH MASHINASI