BRIDER (ing. breeder — ishlab chiqaruvchi) — yadro yonilgʻisini koʻplab qayta ishlaydigan reaktor. Amaliyotda katta ahamiyat kasb etadi. Briderda elektr energiyasi ishlab chiqarilishi bilan birga yadro reaksiyasi hisobiga jadal ravishda yangi yonilgʻi i. ch. amalga oshadi.