BOGʻ MALHAMI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOGʻ MALHAMI haqida malumot bilib oling.

BOGʻ MALHAMI — daraxtning payvandlangan, kesilgan va mexanik shikastlangan joyiga surkaladigan malham (zamazka). Bogʻ malhamini xonaki usulda va tez tayyorlash usullari: a) qizdirilgan 1000 g nigrolga 300 g elangan yogʻoch kuli qoʻshiladi va eng arzon malham olinadi; b) alohida eritilgan 1000 g parafinga 1000 g kanifol maydalab qoʻshiladi. Soʻngra 1000 g nigrol qizdirilib unga sekin-asta eritilgan parafin va kanifol quyiladi; v) 0,25 l alifmoy kizdiriladi, unga 1000 g maydalangan kanifol qoʻshiladi. Boshqa idishda 5000 g parafin suyultiriladi va unga kanifolli alifmoy qoʻshiladi. Ishlatishdan avval malham ilitiladi. Hoz. sanoatda ishlatishga tayyor Bogʻ malhami ham ishlab chiqariladi.

Ensiklopediya.uz
BOGʻ MALHAMI