BOLALAR FOLKLORI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLALAR FOLKLORI haqida malumot bilib oling.

BOLALAR FOLKLORI — ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. Uzbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, masxaralama va b. ni oʻz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932-y. dan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehrmuhabbati b-n yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va ovutishlarda «Toytoy», «Bordibordi» va b. ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari b-n boglik. «Boychechak», «Oftob chiqsi olamga», «Chittigul», «Laylak keldi, yoz boʻldi», «Qurbaqa», «Qaldirgʻoch» kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. «Bu bogʻchada olicha», «Zuvzuv boragʻon», «Chamandagul», «Oq sholi, koʻk sholi» va b. qoʻshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar folklorining murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar «Choriy chambar», «Hakkalakam» kabi sanama oʻyinidan, katta bolalar «Qushim boshi» degan topishmoqdan boshlaydi.

Bolalar bogʻchalari, maktablarda oʻyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qatʼiyatli, qiyinchiliklarni yengishga, oʻrtoqlariga yordam berishga tayyor boʻlish singari yaxshi sifatlarga ega boʻlib oʻsishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va oʻqish kitoblariga kiritilgan (yana q. Bolalar oʻyin qoʻshiqlari).

Ad.: Jahongirov F., Uzbek bolalar folklori, T., 1975; Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi, T., 1980; Safarov O., Uzbek bolalar poetik folklori, T., 1985.

Ensiklopediya.uz
BOLALAR FOLKLORI