BOJ TARIFI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOJ TARIFI haqida malumot bilib oling.

BOJ TARIFIdavlat chegarasi orqali oʻtadigan tovarlardan undiriladigan bojlar stavkalari majmui (toʻplami). Boj: olinadigan tovarlar nomi va tasnifi, boj stavkasi, ularni hisoblash va toʻlash usullari, boj olinmay oʻtkaziladigan tovar (buyum)lar roʻyxati, shuningdek olib kelish, olib ketish, olib oʻtish (tranzit) taqiqlangan mahsulotlar roʻyxati koʻrsatiladi. Boj tarifida tovarlar qayta ishlanish darajasi (tayyor mahsulot, yarim tayyor mahsulot, xom ashyo) va tarmoq turiga (sanoat, q. x., mineralxom ashyo) koʻra guruhlanadi. Boj tarifi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida qoʻllaniladi.

1997-y. 29 avg. da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Boj tarifi toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilinib, 1998-y. 1 yanv. dan amalga kiritildi.

Ensiklopediya.uz
BOJ TARIFI