BILAK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BILAK haqida malumot bilib oling.

BILAK — qoʻlning tirsaqdan panjagacha qismi. Yuqoridan yelka suyagining pagtki qismi yoki tirsak boʻgʻimi, pastdan bilak panja boʻgʻimi bilan chegaralangan. Bilak ikkita suyak (tirsak va bilak)dan iborat boʻlib, boʻgʻimlar orqali oʻzaro birikkan. Bu suyaklar orqa, old va ikki yon tomondan tirsak, bilakkaft va barmoq boʻgʻimlarini bukuvchi hamda yozuvchi muskullar bilan oʻralgan. Yuzaroq muskullar yelka suyagidan, chuqur muskullar esa Bilak dagi ikki suyakning va ular orasidagi pardaning oldingi hamda orqa tomonidan boshlanadi. Tirsak suyagining pastki uchi va Bilak suyagining yuqori uchi yumaloq boʻlganligi uchun ularning ikkala uchida buraluvchi ikkita boʻgʻim hosil boʻladi. Shu tufayli Bilak ichkari va tashqari tomonga buriladi. Bilakda qon tomirlar, sezuvchi hamda harakatlantiruvchi nervlar bor.

Ensiklopediya.uz
BILAK