BERUNIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERUNIY haqida malumot bilib oling.

BERUNIY, 1957-y. gacha Shabboz (Shayx Abbos Vali) —Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar (1962-y. dan), Beruniy tumani markazi. Amudaryoning oʻng sohilidagi Urganch t. y. stansiyasidan 20 km shim. sharqda. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —15*, —20°, iyulniki 38°. Aholisi 51 ming kishi (2000). Beruniy qadimiy Xorazmning poytaxti boʻlgan va oʻsha davrlarda Kot deb atalgan. 1957-y. shaharga shu yerda tugʻilib oʻsgan olim va mutafakkir Abu Rayhon Beruniy nomi berildi. Beruniy 990-y. larda shaharda astronomik kuzatishlar olib borgan. B. Respublikaning muhim sanoat markazlaridan. Shaharda yogʻekspeller, gʻisht, asfalt, paxta tozalash z-dlari, bosmaxona, maishiy xizmat koʻrsatish k-ti bor. 1969-y. 13-martda Amudaryo suvining toshishi natijasida shahardagi bir qancha binolar jiddiy zarar koʻrdi. Lekin tez fursatda shahar qayta tiklandi. Keyingi yillarda shahar chegarasi kengaydi, yangi mavze, koʻchalar bunyod etiddi. Beruniy boshqa tumanlar bilan Qoraqalpogʻiston avtomagistrali va Amudaryodagi Chalish pristani orqali bogʻlangan. Beruniydan Nukus, Toʻrtkoʻl va b. shaharlarga samolyot va avtobuslar qatnaydi. Beruniyda 14 umumiy taʼlim maktabi, musiqa va sport maktablari, 8 ommaviy kutubxona, 2 klub, madaniyat uyi, muzey, 7 kasalxona bor (2000).

Ensiklopediya.uz
BERUNIY