BEKNAZAROV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BEKNAZAROV haqida malumot bilib oling.

BEKNAZAROV Amo (Ambarsum) Ivanovich [1892.19(31).5, Yerevan 1965.27.4, Moskva] — aktyor, rej., ssenariychi. Armaniston xalq artisti (1935). Birinchi filmi — «Sharmandayu sharmisor» (1924, A. Kazbegining «Padarkush» romani asosida). Beknazarov 1925-y. dan arman milliy kinematografiyasiga boshchilik qildi. Birinchi arman badiiy filmi «Nomus»ni yaratdi (1926, A. Shirvonzodaning shu nomli romani asosida, ssenariysi Beknazarov niki). Beknazarovning ovozsiz kino davrida yaratgan eng yaxshi filmlaridan yana biri «Vulkrn ustidagi uy» (1929)dir. «Pepo» (1935), «Zangezur» (1938), «Davidbek» (1944), «Hovlitoʻyi» (1955, Abdulla Qahhor asari asosida), «Nasriddin Xoʻjandda» (1960, ssenariysi Beknazarov niki, rej. E. Karamyan bilan hamkorlikda) kabi ovozli filmlarida Beknazarov oʻta iqtidorli rej. sifatida namoyon boʻldi. Beknazarov ijodi qator respublikalarning milliy kinematografiyasi taraqqiyotiga va Armaniston, Gruziya, Ozarbayjonda rej. lik sanʼatining shakllanishiga taʼsir qildi. «Armanfilm» kinostudiyasi 1966-y. dan Beknazarov nomi bilan ataladi.

Ensiklopediya.uz
BEKNAZAROV