
BATAT haqida malumot bilib oling.
BATAT, shirin kartoshka (Ipomoea batatas) — pechakdoshlarga mansub, koʻp yillik issiqsevar oʻsimlik. Vatani Meksika va Markaziy Amerika. Oziqovqat sifatida konserva, kraxmalqiyom va spirt sanoatida ishlatiladi. Qadimdan Xitoyda ham ekib kelingan. Yaponiya, AQSH, Ispaniya, Hindiston va 5. mamlakatlarda ekiladi, shuningdek Zakavkazye, Oʻrta Osiyo (Turkmaniston, Tojikiston) da oʻstiriladi. Hosildorligi 200 — 300 s/ga. Batat kartoshkasi qalamchasidan koʻpaytiriladi. Fev. —mart oylarida issiqxonalarda kartoshkasidan chiqqan oʻsimtalardan qalamcha tayyorlab, parniklarda ildiz ottiriladi. Koʻchatlari may oyida qator orasini 70 — 80 sm, qatordagi tup orasini 30 — 40 sm qilib oʻtqaziladi. Koʻchat atrofi yumshatilib, oʻgʻitlab turiladi, 12—14-marta sugʻoriladi. Sent. — okt. oylarida palagi oʻrilib, keyin kartoshkasi kavlab olinadi. Palagi (koʻk holida, quritilgani, siloslangani) chorva uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
BATAT