BARQARORLIK VA OʻZGARUVCHANLIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BARQARORLIK VA OʻZGARUVCHANLIK haqida malumot bilib oling.

BARQARORLIK VA OʻZGARUVCHANLIK — dialektik falsafaning juft tushunchalari. Barqarorlik narsa va hodisalarga xos muayyanlikni ifodalasa, oʻzgaruvchanlik ularning maʼlum bir holatdan boshqa bir holatga oʻtish jarayonini bildiradi. Oʻzgaruvchanlik keng maʼnodagi harakat tushunchasini ifodalab, shu maʼnoda mutlaq xarakterga ega. Tayin narsalarga oid xossa sifatida esa u nisbiydir, chunki narsalarning oʻzgarishi biron-bir muayyanlikka nisbatangina sodir boʻladi. Oʻzgaruvchanlikni barqarorlikdan ajratib mutlaqlashtirish skeptitsizm va relyativizmag olib kelsa, aksincha, barqarorlikni mutlaqpashtirish aqidaparastlikka olib keladi. Dialektika B. va oʻ. ni oʻzaro uzviy birlikda, mavjud dialektik qaramaqarshiliklar tarzida olib qaraydi. Aniq fanlarda Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik va oʻ. tushunchalari tegishli tayin tushunchalar b-n ifodalanadi va i-tlarda muhim metodologik ahamiyat kasb etadi.

Ensiklopediya.uz
BARQARORLIK VA OʻZGARUVCHANLIK