BARIONLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BARIONLAR haqida malumot bilib oling.

BARIONLAR (yun. barus — ogʻir) — massasi proton massasidan kichik boʻlmagan, barion zaryadi birga teng boʻlgan, yarim butun spinli «ogʻir» elementar zarralar. B. FermiDirak statistikasiga boʻysunadi. Bu guruhga nuklonlar (neytron va proton) va giperonlar kiradi. Faqat proton erkin holda turgʻun boʻladi. Boshqa barcha Barionlar barqaror emas, ular ketma-ket parchalanish yoʻli bilan proton va yengil zarralarga aylanadi. Barionlar maʼlum boʻlgan barcha (kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion) oʻzaro taʼsirlarda ishtirok etadi. Barionlar b-n boʻladigan har qanday jarayonlarda barion zaryadining saqlanish qonunlari, yaʼni barionlar va antibarionlar sonlari farqi oʻzgarishsiz qoladi. Barcha barionlar uchun barion zaryadi (soni) 1 ga, antibarionlar uchun — 1 ga teng. Barionlar maftunlik, gʻalatilik, goʻzallik va b. kvant sonlar bilan tavsiflanadi.

Ensiklopediya.uz
BARIONLAR