BALEAR OROLLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BALEAR OROLLARI haqida malumot bilib oling.

BALEAR OROLLARI — Oʻrta dengizning gʻarbiy qismidagi orollar toʻdasi, Ispaniyaning Baleares muxtor viloyatini tashkil etadi. Ikkita katta orol — Malyorka va Menorka o. lari hamda Pitius o. lari arxipelagidan iborat. Mayd. 5 ming km2. Aholisi 686 ming kishi (1992), aksariyati katalonlar. Maʼmuriy markazi — Palma-deMalyorka sh. Eng baland joyi 1445 m. Karst relyef shakllari keng tarqalgan. Iqlimi Oʻrta dengiz atrofiga xos iqlim. Yillik yogʻin 400 — 600 mm. Tosh dub, halab qaragʻayi va chakalakzorlar uchraydi. Aholisi subtropik dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. 15-a. dan Ispaniya tarkibida. Menorka o. da aeroport va gʻarbiy dengiz bazasi bor. Turistlar koʻp keladi, iqlim kurortlari mavjud.

Ensiklopediya.uz
BALEAR OROLLARI