BOGʻLANGAN ZARYAD — elektr oʻtkazuvchanlikda qatnashmaydigan zaryad. Dielektrik moddada musbat va manfiy zaryadlar oʻzaro mustahkam bogʻlangan boʻladi. Bunday modda elektr maydonga joylashtirilganda Bogʻlangan zaryadlar birbiriga nisbatan siljimaydi, balki bogʻlanganicha qoladi.