BENGAL ADABIYOTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BENGAL ADABIYOTI haqida malumot bilib oling.

BENGAL ADABIYOTI — Hindistonning Gʻarbiy Bengaliya shtati va Bangladeshda yashaydigan bengʻallarning milliy adabiyoti. Bengal adabiyoti ningyozma ilk namunasi «Chorjapod» («Liniy marosim qoʻshiqlari», 12-a.) xalq sheʼriyatining yorqin namunasi hisoblanadi. Bengal adabiyotida 10-a. da zarbulmasal, afsona kabi sheʼriy janrlar rivojlandi. Tibbist. falakiyot va b. ilmlar haqida maslahatlar toʻplami — «Dak hikmatlari» va «Khon hikmatlari» yaratildi. 12-a. da Jayadevaning «Gitagovinda» («Choʻpon haqida qoʻshiq») asari Bengal adabiyoti taraqqiyotiga qoʻshilgan muhim hissa boʻldi. 13 — 14-a. lar Bengal adabiyotida xudo Vishna, Monoshi (ilonlar maʼbudasi), Chondi (hayvonlar homiysi) kabilarga barishlangan diniymifologik asarlar («Monoshining shuhrati», «Chondining shuhrati») yaratildi. 14 — 15-a. larda Vidyapati va Chondidash kabi yirik shoirlar yetishdi. 15 — 16-a. larda qad. hind eposlari — «Ramayana», «Mahabharata» bengal tiliga tarjima qilindi. 15 — 17-a. larda bhaktiy (xudoga muhabbat) diniyislohot oqimi rivojlana boshladi. Bu davrda Monoxor Dash, Gokulanondo Shen, Kritibash Ojha, Mukundoram Chokroborti, Krishnodash Kobiraj kabi shoirlarning asarlari keng tarqaldi. 18-a. ga kelib, inglizlar mustamlakachiligi Bengal adabiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. 19-a. da Rammoxan Ray. Okxoykumar Dotto (1820 — 86), Ishshorchondro Biddashagor (1820 — 91), Ishshorchondro Gupto (1811 — 59) kabi yozuvchi, shoirlar samarali ijod qildilar. Bu yillarda koʻplab tarjima asarlar yaratildi, adabiybadiiy jurnallar nashr etildi. 1857-y. da Ramnarayon Tarkorotnoning «Ulugʻ zot» degan birinchi bengal ijtimoiy dramasi yuzaga keldi. Bhudeb Mukxopaddhayya, Bonkimchondro Chottopaddhayya, Romeshchondro Dotto, Perichand Mittro, Kaliproshonno Shinxo, Okhoychondro Shorkar kabi yozuvchilarning vatanparvarlik ruhidagi tarixiy romanlari paydo boʻldi. Realizmning buyuk namoyandasi Rabindranat Tagor ijodi 19 — 20-a. lar Bengal adabiyotida katta voqea boʻldi. Shorotchondro Chottopaddhayya ijodi ham Tagor ijodiga hamnafas boʻldi, uning «Birajning xotini», «Himoyasiz bechora», «Yondirilgan uy» kabi romanlarida mazlum xalqning erk uchun kurashi oʻz ifodasini topdi. Ikkinchi jahon urushi davrida Bengal adabiyotida urushga qarshi ruxdagi asarlar yaratildi (Shudhindranath Dotto, Buddhodeb Boshu, Bishnu De, Jibonanondo Dash, Gopal Xaldar va b.). Xindistonning mustaqillikka erishuvi (1947) tufayli Bengal adabiyotida ham yangi davr boshlandi. Mustaqillik davrida Tarashonkor Bondopaddhayya, Abul Fazl, Manik Bogdopaddhayya, Narayon Bondopaddhayya. Nazrul Islom, Bimolchondro Gxosha kabi szuvchi va shoirlar yetishib chiqdi. Mani Shankar asarlarida («Chaurani», 1962 va b.) mustaqillikka erishgan Hindistondagi vatandoshlari hamda oddiy mehnatkash xalqning hayoti aks etgan.

Utpal Datt («Koʻtarilish», 1965; «Olmos shamshir», 1971), Badal Sarkor («Boshqacha yoʻsindagi tarix», 1967) kabi bengal dramaturglari hind teatr sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdilar. R. Tagor, Manik Benerji, B. Ghosha va b. bir qator bengal yozuvchilarining asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Ensiklopediya.uz
BENGAL ADABIYOTI