BELORUSSIYA MILLIY FANLAR AKADEMIYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BELORUSSIYA MILLIY FANLAR AKADEMIYASI haqida malumot bilib oling.

BELORUSSIYA MILLIY FANLAR AKADEMIYASIBelorussiya Respublikasidagi oʻzoʻzini boshqaruvchi oliy ilmiy muassasa. Tabiiy, texnika va ijtimoiy fanlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar olib boradi va ularni muvofiklashtiradi. 1929-y. Minsk sh. da Belorussiya madaniyat in-ti negizida tashkil etilgan. 1997-y. ga qadar Belorussiya FA deb atalgan. Akademiya tarkibida 11218 xodim, jumladan 5961 ilmiy xodim, 55 akad., 96 muxbir aʼzo, 375 fan d-ri, 2557 fan nomzodi ishlaydi (1997). Akademiya tizimida 6 boʻlim: fizika, mat. va informatika; mashinasozlik va energetikaning fiziktexnik masalalari; kimyo va geol. fanlari; biol. fanlari; ijtimoiy fanlar; tibbiyot masalalari boʻlimlari bor. Konstruktorlik byurosi va boʻlimi (tadqiqot korxonalari b-n)dan iborat konstruktorlik-tadqiqot bazasi mavjud; intlar qoshida 10 maxsus konstruktorlik byurosi (tadqiqot korxonalari b-n) ishlaydi. Akademiya tizimida «Beloruskaya navuka» nashriyotmatbaa i. ch. birlashmasi, Ya. Kolas nomidagi Markaziy kutubxona, Markaziy ilmiy arxiv, qad. belorus madaniyati, Belorussiya FA tarixi muzeylari bor. FA «Dokladы AN Belorus, «Bectnik AN Belarusi (5 seriyada), «Differensialnыye uravneniya», «Injenernofizicheskiy jurnal», «Jurnal prikladnoy spektroskopii», «Treniye i iznos» jur. larini, koʻp tirajli «Navshы AN Belarusa» gaz. ni nashr etadi. FA prezidenti — Aleksandr Pavlovich Voytovich (1997-y. dan).

Ensiklopediya.uz
BELORUSSIYA MILLIY FANLAR AKADEMIYASI