BEZAK HAYKALTAROSHLIGI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BEZAK HAYKALTAROSHLIGI haqida malumot bilib oling.

BEZAK HAYKALTAROSHLIGIhaykaltaroshlik turi, asarlari maʼlum meʼmoriy makonni yoki tabiiy sharoitni hisobga olgan holda binoning tashqarisi yoki ichkarisini, shahar koʻchalari, maydonlari va xiyobonlarini bezatadi. Bezak haykaltaroshligiga meʼmoriy bezaklar (atlantlar, maskoronlar, kariatidalar), favvoralar uchun ishlangan xaykallar, panjaralar, badiiy bezakli darvozalar, binoning ichki bezaklariga marmar, metall, chinni va b. dan ishlangan kichik shakldagi haykallar kiradi. Asarlari meʼmoriy ansambl b-n uygʻunlashib, sanʼat asari sifatida uz mustaqilligini yoʻqotmaydigan mahobatli haykaltaroshlikdan bezak vazifasini oʻtashi bilan farklanadi. Bezak haykaltaroshligida obrazlarni yumorli tarzda talqin etish, boʻrttirishga yoʻl qoʻyiladi, turli xayvonlar (mas, baliq, qurbaqa. laylak va h. k.) shakllari keng ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
BEZAK HAYKALTAROSHLIGI