BARDA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BARDA haqida malumot bilib oling.

BARDA (rus.) — qand va spirt z-dlari chiqindisi, q. x. hayvonlariga ozuqa sifatida yediriladi. Bardaning ozuqalik qiymati sharbat va spirt olinadigan mahsulotning turiga bogʻliq. Mac, lavlagi, kartoshka, javdar, makkajoʻxori va arpa B. sining tarkibida 88,2-95,3% suv, 1,2 – 2,7% oqsil, 0,4 — 1% yogʻ, 1,8 — 6,5% azotsiz ekstraktiv moddalar, 0,6 — 1,1% klechatka, 0,4 — 1,7% mineral (kul) moddalar, shuningdek mikroelementlar bor, 100 kg yangi Barda 3,2 — 12,2 ozuqa birligiga teng. Bardaning toʻyimligi va kimyoviy tarkibi uning qaysi xom ashyodan olinganiga bogʻliq. Mas, don B. si kartoshka B. siga qaraganda 2-marta toʻyimli. Barda juda tez achib, mogʻorlaydi, mollarga yangisi, quritilgan, shuningdek siloslangani beriladi. Asosan qoramollarni semirtirishda koʻproq ishlatiladi. Barda somon va pichanga qoʻshib berilganda, u ancha xushxoʻr boʻladi. Bardani uzoq muddat saqlash uchun siloslanadi yoki quritiladi. Siloslashda Barda maxsus chuqurga toʻkiladi, tindirilib quyultiriladi. Soʻng Barda ustida hosil boʻlgan suv olib tashlanib, oʻrniga yangi Barda quyiladi, mazkur holat chuqur toʻlguncha takrorlanadi. Soʻng havo kirmasligi uchun usti yaxshilab berkitiladi. Barda somon, poxolga qoʻshib ham siloslanadi. Siloslangan Barda tarkibidagi quruq modda 18 — 22% gacha boradi. Quritilgan Bardaning ozuqalik qiymati suyugʻiga qaraganda 10 — 15 baravar koʻp, qoramollarga 2,5 — 3 kg gacha beriladi, bunday Barda tashish va saqlashga ham qulay. Oʻzbekistondagi spirt va qand sanoati korxonalari atrof tumanlardagi chorvachilik fermalariga koʻplab Barda yetkazib beradi.

Ermuhammad Toshpoʻlatov.

Ensiklopediya.uz
BARDA