Sinf rahbari oyligi ta’til pulini hisoblashda inobatga olinadimi?
Savol: Men ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiman. Shu bilan birga sinf rahbarlik ham qilaman. Yaqinda mehnat ta’tiliga chiqmoqchiman. Savolim shundan iboratki, sinf rahbarlik uchun olgan maoshlarim ta’til puli hisoblashda qo‘shiladimi? Savolga Ulug’bek Po’latov quyidagicha javob berdi. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibiga muvofiq ta’tillar vaqtiga haq to‘lash o‘rtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarish kunidagi tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni o‘n ikkidan birga (olti oy to‘liq ishlaganlarga oltidan birga, yetti oy to‘liq ishlaganlarga yettidan birga va hokazolar) oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qo‘shimcha ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ish haqiga qo‘shimcha haqlar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar hisoblanadigan boshqa to‘lovlar kiradi. ❕Demak, pedagog xodimning sinf rahbarlik uchun olgan maoshi ta’til puli hisoblashda albatta inobatga olinadi. Bu kabi qo‘shimcha to‘lovlar ta’til puliga qo‘shib hisoblanadi.Sinf rahbari oyligi ta’til pulini hisoblashda inobatga olinadimi?
DO`STLARGA ULASHING:
Javob: Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizomiga ko‘ra sinf rahbarlik uchun to‘lanadigan maosh qo‘shimcha to‘lov hisoblanadi.
Sinf rahbari oyligi ta’til pulini hisoblashda inobatga olinadimi?