
BYERKNESLAR haqida malumot bilib oling.
BYERKNESLAR (Bjerknes) — ota va oʻgʻil norveg geofiziklari:
1) Vilgelm Friman Koren (1862 — 1951) — meteorologiyada frontologik ilmiy maktab asoschisi. Suyuqlik yoki gazda sirkulyatsiyaning tezlashishi toʻgʻrisidagi teorema, siklonlarning toʻlqin nazariyasi muallifi. Obhavoni oldindan aytishning dinamik usullarini ishlab chiqqan. Norvegiyada obhavo xizmatiga asos solgan (1917);
2) Yakob (1897—1975) — atmosfera frontlari haqidagi taʼlimot asoschilaridan biri. Asarlari siklonlar evolyutsiyasiga, ularning atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasidagi ahamiyatiga, okean suvlarining atmosfera jarayonlariga taʼsiri va b. ga doyr.
Ensiklopediya.uz
BYERKNESLAR