
BEKLARBEGI haqida malumot bilib oling.
BEKLARBEGI — 1) yuqori maʼmuriy unvon va lavozim; viloyat, katta shahar hokimlari. Beklarbegi lavozimi Oʻrta Osiyo mamlakatlari, Kichik Osiyo va Zakavkazye turkiy xalklarida 19 a. oxirigacha saqlangan. Beklarbegining asosiy vazifasi soliqva b. majburiyatlarning oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash, hukmdor farmonlarini amalga oshirish, tegishli masalalarni biy, otaliklar, oqsoqollar kengashi bilan kelishib xal etishdan iborat edi. Beklarbegilar qoʻl ostidagi viloyat (beklarbegilik)larda alohida vazir, shayxulislom, sadr, jonishin (beklarbegining muovini) kabi mansablar ham boʻlib, ular Beklarbegiga boʻysoʻnganlar. Beklarbegilar ayni vaqtda sarkarda hisoblanib, ularning qoʻl ostida yuzboshi va dahboshilar boʻlgan; 2) Toshkentaing Eskijuva maydonida mavjud boʻlgan Madrasa. 20-a. ning 30-y. larida bolsheviklar dinga qarshi kurash shiori ostida uni buzib tashlashgan.
Ensiklopediya.uz
BEKLARBEGI