Vildanov Rumil Jiangirovich Tarjimai hol haqida malumot

Vildanov Rumil Jiangirovich Tarjimai hol haqida malumot

Tarjimai hol

1939 yil 24 noyabr kuni Frunzda tug‘ilgan, Qirzg‘iziston, 1987 yil 18 fevral kuni olamdan o‘tgan.

Bastakor, dirijyor, pedagog, musiqa-jamoat arbobi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1977).

1957 yil bayan yo‘nalishi bo‘yicha musiqiy oliygohni tamomlagan.

1962 yil M. Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat Konservatoriyasini kompozitsiya yo‘nalishi bo‘yicha B. I. Zeydman sinfini tamomlagan.

1962-1968 yillar shu konservatoriyaning o‘zida dars bergan — o‘qituvchi va katta o‘qituvchi bo‘lgan.
1968 yil ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Asosan, kinofilmlar uchun musiqa yozgan. Qirqdan ziyod badiiy, yigirmadan ziyod multiplikatsion va bir nechta xujjatli filmlar uchun musiqa bastalagan.

Rumil Vildanov — to‘rtta simfoniya, oratoriya, fortepiano uchun konsert va boshqa musiqiy asarlar muallifi. Butunittifoq yosh bastakorlar ijodiy ko‘rik tanlovining II-darajali diplomi sovrindori (1962).«Chelovek uxodit za ptitsami» (Odamlar qushlar ortidan ketadi) filmiga bastalagan musiqasi uchun Butunittifoq kinofestivali diplomi bilan taqdirlangan (1976).

«General Raximov» filmining bastakori bo‘lib, harbiy-vatanparvarlik mavzusida yaratgan musiqasi uchun filmning ijodiy kolletivga III-Butunittifoq kinofestivalida xay’at diplomini olib kelgan (Leningrad, 1968).

Arboblar
Vildanov Rumil Jiangirovich

manba:arboblar.uz